Nodirbek uchun afsusdaman – Magnus Karlsen

Sport

image
0:00
0:00
download

Shaxmat bo‘yicha amaldagi Jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning nufuzli “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniridagi ishtiroki bo‘yicha fikr bildirdi. Bu haqda Karlsen turnirning rasmiy YouTube sahifasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Abdusattorov butun turnir davomida yetakchi bo‘lib keldi. Nodirbek uchun afsusdaman. Sen ilk bora bunday holatda bo‘lganingda, bu og‘ir bo‘ladi. Senda hatto katta tajriba bo‘lsa ham, bunday turnirda uzoq vaqt davomida yetakchi bo‘lib turish qiyin. Uni his qilyapman. Anish Giriga keladigan bo‘lsak, u uzoq vaqt ichida ilk bora meni ortda qoldirdi. Tabriklayman. Bu narsa u uchun yaxshi vaqtda sodir bo‘ldi. U bir necha marotaba bunga yaqin kelgandi. Bu safar omad u tomonda bo‘ldi”, deydi Magnus Karlsen.

Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess-2023” turnirining aksariyat qismini yetakchi sifatida o‘tkazdi, ammo so‘nggi turda mag‘lubiyatga uchragani evaziga chempionlikni boy berdi. Turnir davomida Abdusattorovga imkoniyatni boy bergan Karlsen esa 3-o‘rin bilan kifoyalandi.

Eslatib o‘tamiz, “Tata Steel Chess-2023” bahslari yakunlangach,  O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev o‘zbekistonlik shaxmatchilarning nufuzli turnirdagi ishtiroki bo‘yicha o‘z munosabatini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Karlsen Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing