Abdusattorov amerikalik grossmeysterni mag‘lub etdi

Sport

image

Ayni kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour musobaqasi o‘tkazilmoqda. Turnirning yarim final bosqichiga yetib kelgan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov mazkur bosqichda amerikalik Uesli So bilan to‘qnash keldi.

Yarim finalning 1-setida Abdusattorov So ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Bugun, 14 dekabr kuni 2-set bo‘ladi. Agar O‘zbekiston vakili g‘alaba qozonsa, finalga yo‘l oladi. 2-setda Abdusattorov imkoniyatni boy bersa, bugunning o‘zida hal qiluvchi 3-set o‘yini o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, turnirda 50 ming AQSH dollarini naqd qilib ulgurgan Abdusattorov finalga yo‘l olsa, kamida 100 ming dollarga ega chiqadi. Final g‘olibiga esa 200 ming AQSH dollari taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Champions Chess Tour

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing