Qosimjonov turnirida Abdusattorov yetakchilik qilmoqda

Sport

image

Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha 1-xalqaro “Rustam Qosimjonov turniri”ning dastlabki kuni ortda qoldi. Musobaqaning birinchi kunidayoq o‘zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov peshqadamlikni qo‘liga oldi.

Besh turdan so‘ng, “Masters” guruhida Abdusattorov ham, Sindorov ham 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etib, 4 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Rustam Qosimjonov esa 2 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.

“Challenger” guruhida ham o‘zbekistonlik shaxmatchi turnir jadvalini boshqarib turibdi. Beshta turda 4 ta g‘alaba, 1 ta durang natijaga erishgan Ortiq Nig‘matov musobaqa g‘olibligi uchun eng yaxshi imkoniyatni hosil qilgan. 

Bugun, 29 mart kuni turnirning 6-9 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Qosimjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing