Abdusattorov jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
29 avgust 2023 12888 1 daqiqa
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Germaniyaning Dyusseldorf shahri mezbonligidagi tezkor shaxmat bo‘yicha FIDE Jahon chempionatida “WR Chess” jamoasi bilan g‘olib bo‘ldi.
Umumiy 12 ta o‘yinda “WR Chess” jamoasi 10 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi. 18 ochko to‘plagan “Team Freedom” jamoasi chempionatda 2-pog‘onani egallagan bo‘lsa, Hindistonning “MGD1” jamoasi 3-o‘ringa ega chiqdi.

G‘olib bo‘lgan “WR Chess” jamoasiga 100 ming yevro pul mukofoti taqdim etildi. “Team Freedom” shaxmatchilari 60 ming yevro, “MGD1” jamoasi esa 40 ming yevro bilan taqdirlandi.
“WR Chess” jamoasida o‘zbekistonlik shaxmat ustasidan tashqari Yan Nepomnyashiy, Uesli So, Yan-Kshishtof Duda, ayol shaxmatchilar Xou Ifan va Aleksandra Kostenyuklar dona surdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28