Abdusattorov-Qosimjonov o‘yini yakunlandi

Sport

image

Bugun, 28 mart kuni Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha 1-xalqaro “Rustam Qosimjonov turniri” start oldi. Musobaqada ishtirok etish uchun 9 davlatdan 20 nafar kuchli shaxmatchi Toshkentga kelgan.

1-turda g‘alabaga erishgan o‘zbek shaxmati yetakchilari Rustam Qosimjonov va Nodirbek Abdusattorov turnirning 2-turida to‘qnash keldi. Ko‘pgina shaxmat ishqibozlari e’tiborida bo‘lgan bahsda Abdusattorovning qo‘li baland keldi. 

2-turda o‘zbekistonlik yana bir shaxmatchi Javohir Sindorov ozarbayjonlik Shahriyor Mamadiyorovni mag‘lubiyatga uchratdi. Nodirbek Yoqubboyev esa niderlandiyalik Jordan Van Forestga imkoniyatni boy berdi. Shaxmatchilar kun dasturida jami 5 tur o‘yinida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Abdusattorov Qosimjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing