Abdusattorov shaxmat tarixidagi eng katta sovrin o‘ynaladigan turnirda qatnashadi

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan sovrin jamg‘armasi 2,5 million yevrolik Jahon kubogida ishtirok etadi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turnir joriy yilning 30 iyulidan 24 avgustiga qadar Baku shahri mezbonligida bo‘lib o‘tadi. Hozirda ochiq toifadagi musobaqada erkaklardan 146, ayollardan esa 71 nafar shaxmatchining qatnashishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Mazkur musobaqaning yakuniga qadar yetib kelgan Jahon kubogining eng yaxshi 3 nafar shaxmatchisi yakuniy g‘olibni aniqlash maqsadida Jahon toji uchun o‘zaro bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Abdusattorov Dubay mezbonligida o‘tadigan shaxmatning rapid yo‘nalishidagi “Tech Mahindra” turnirida qatnashishi haqida xabar berilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing