Karlsen FIDE'ga qarshi chiqmoqda

Sport

image

Norvegiyalik taniqli grossmeyster Magnus Karlsen Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) uchun muammoli shaxmatchi sifatida gavdalanmoqda. Bu haqda “Dailysports” xabar berdi. 

Gap shundaki, Karlsen shaxmat bo‘yicha sobiq chempion, nemis tadbirkori Yan Byuttner bilan birgalikda Chess960 formatida Grandslam turkumidagi bir qator shaxmat turnirlarini tashkil etish niyatida.

Seriyali bu musobaqa yil davomida besh bosqichdan iborat bo‘lib, tunirda shaxmatchilar uchun reyting ochkolari o‘ynalishi ko‘zda tutilgan. Mazkur musobaqada yil davomida eng ko‘p ochko to‘plasa, shaxmat bo‘yicha erkin uslub bo‘yicha yangi jahon chempioni bo‘ladi. Muammo shundaki, FIDE turnir g‘olibini jahon chempioni deb tan olishdan bosh tortdi, chunki turnir FIDE'ning yurisdiksiyasidan tashqarida o‘tkaziladi.

Tomonlar ikki oy davomida kelishuvga erishmoqchi bo‘ldi, biroq bunga erisha olmadi. Bunga javoban Karlsen FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovichni iste’foga chiqishga chaqirdi. Federatsiya esa Karlsenning turnirida qatnashmoqchi bo‘lgan shaxmatchilarni FIDE bilan qo‘shimcha shartnomalar imzolashga undadi.


Maqola muallifi

Teglar

Karlsen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing