Abdusattorov xalqaro turnirda Karlsenni ortda qoldirmoqda

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, 17 yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha “Tata Steel-2023” xalqaro turnirining 4-tur o‘yinlari ortda qoldi. 4 turdan so‘ng o‘zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov g‘oliblik uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lmoqda.

Nodirbek Abdusattorov 4 ta o‘yindan so‘ng 2 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etgan bo‘lsa, Javohir Sindorov 1 ta g‘alaba va 3 ta durangga imzo chekdi. Abdusattorov 3 ochko bilan “Masters” guruhida 2-o‘rinda bormoqda, Sindorov esa 2,5 ochko to‘plab, “Challenger” guruhida 4-o‘rinni band etib turibdi.

“Masters” guruhida mezbonlar vakili Anish Giri yetakchilik qilmoqda. E’tiborlisi, Giri ham Abdusattorov kabi 3 ochko to‘plagan.

5-turda Nodirbek Abdusattorov azaliy raqibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. 5-tur o‘yinlari 19 yanvar kuni boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Karlsen Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing