Karlsenga qarshi o‘yindan so‘ng Abdusattorov nimalar dedi?

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan “Tata Steel-2023” xalqaro turnirining 5-turida Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi. Karlsen bilan bahsdan so‘ng Abdusattorov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin juda ajoyib bo‘ldi. Karlsen dastlab C4 katagini tanladi,  men oddiyroq yurish kutgandim. Men simmetrik ingliz uslubida o‘ynadim. Keyingi yurishda u E4'ni tanladi. Bu tanlov juda kamdan-kam uchraydi. O‘yin avvalida munosib pozitsiyani tanladim deb o‘ylayman”, deydi Abdusattorov. 

Nodirbek jurnalistning o‘yinga doir bir qator savollariga ham javob berdi. 

“O‘ylashimcha, keyingi diqqatga sazovor vaziyatlardan biri shu bo‘ldiki, siz F6 bilan o‘yinni davom ettirdingiz, Magnus esa o‘zgarish qilmaslikni ma’qul ko‘rdi. Bu sizni ajablantirdimi?” deb so‘radi jurnalist.

“Ha, albatta, u ot bilan harakat boshlaganida, bu harakat biroz noodatiy yurishdek tuyuldi. Chunki bunday yurish markazda tirbandlik keltirib chiqaradi. Men almashinish imkoniyatini qurbon qilinishini o‘zim uchun kalit deb bildim. O‘ylashimcha, u markazdagi donalar imkoniyatini yetarlicha baholamadi”, deydi o‘zbekistonlik grossmeyster.

“Tata Steel-2023” xalqaro turnirining “Challenger” guruhida o‘zbekistonlik Javohir Sindorov ham ishtirok etmoqda. Ortda qolgan besh turdan so‘ng, Sindorov 4 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. Bugun, 20 yanvar kuni o‘zbekistonlik shaxmatchi turnirning 6-turida Braziliya vakili Luis Supiga qarshiga dona suradi.

Eslatib o‘tamiz, “Tata Steel-2023” xalqaro turniri 29 yanvarga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Karlsen Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing