Nodira Qodirova o‘lgan xonada olingan video tarqaldi. Advokat qizga tajovuz qilinganini aytmoqda
3-sahifa
−
02 Oktabr 2020
129368Turkiya poytaxti Anqara shahrida “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Buyuk Millat Majlisi deputati Shirin Unalning uyida o‘lgan Nodira Qodirova ishi davom etmoqda. Oradan bir yildan ortiq vaqt o‘tib, Qodirova o‘lgan xona suratlari tarqaldi. Marhumning oilasi yollagan advokat Ilyos Dog‘anga ko‘ra, “bu tasvirlar uning bo‘g‘ib o‘ldirilganini o‘ylashga majbur qiladi”.
Qodirova ishi “Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos yo‘q” degan qaror bilan yopilgan edi. Ish mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga oshirildi. Bu orada internetda voqea sodir bo‘lgan kuni politsiya tomonidan Nodira Qodirova vafot etgan xonada olingan video tarqaldi.
Videoda Nodira Qodirova yashagan va vafot etgan xonaning tartibsizligi kishining diqqatini tortadi. Unda stol, guldon, lampa, qum va boshqa ashyolarning yerda sochilib yotganini ko‘rish mumkin. Nodira Qodirovaga tegishli bo‘lgan sumkalar ham yerda yotibdi. Ularda qon izlari ko‘zga tashlanadi.
Tasvirlarda Shirin Unalning qizi Duygu Unal ham bor. U politsiya xodimlari voqea joyini ko‘zdan kechirayotgan vaqtda o‘sha yerda bo‘lgan.
“Xonada tajovuzkor janjal bo‘lgan deb o‘ylayapman. Uchta alohida joylarda qon izlari bor. Ular orasida katta masofa mavjud. Xonadagi gilamning uchta joyida qon ko‘rinib turibdi, shuningdek, yotoqdagi ko‘rpa ustida ham qon izlari bor. Bundan tashqari, politsiya xodimlari voqea joyini ko‘zdan kechirayotgan vaqtda detutat Shirin Unalning qizi ham ular bilan birga bo‘lgan. Bu qonunga mutlaqo zid. Chunki, u o‘lim vaqtida ham uyda bo‘lgan, shu bois politsiya voqea joyini ko‘zdan kechirayotgan vaqtda ularga hamrohlik qila olmaydi. Uni voqea joyidan uzoq tutish kerak edi. Ayniqsa, Duygu Unal yoki boshqa bir kishining voqea joyiga kirib, bu yerda bemalol harakatlanishi muhim dalil-isbotning chalkashib ketishiga sabab bo‘ladi. Ushbu hodisaga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarga voqea joyini tekshirish paytida kirishga ruxsat berilmaydi. Bu qonunchilikka ziddir”, deydi advokat.
Advokatning ta’kidlashicha, yana bir videoda politsiya xodimlaridan birining qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Politsiyachi “Siz bilan aloqali hech narsa yo‘q”, deydi. Bu esa voqea sodir bo‘lgan joyni tergov qilish paytida u yaqindan kuzatilganligini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar mehnat migranti Nodira Qodirova sobiq harbiy xizmatchi – genaral, Turkiya Buyuk Millat Majlisiga “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan saylangan deputat Shirin Unalning uyida o‘lik holda topildi. Qodirovaning sirli o‘lim topganiga 1 yil to‘ldi.
Joriy yilning may oyida Nodira Qodirovaning advokati ushbu ishni sudga tortmaslik to‘g‘risidagi prokuratura tomonidan qabul qilingan qaror ustidan apellyatsiya berdi, ammo u rad etildi. Shundan keyin advokat Do‘g‘an hujjatni Konstitutsiyaviy sudga topshirgan.
Uning aytishicha, hujjat hali ham Konstitutsiyaviy sudning dastlabki tergov bosqichida va u hamon qaytadan ko‘rib chiqish bosqichiga o‘tkazilmagan.
LiveBarchasi