Nobel mukofoti bu yil qay tarzda topshirilishi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

2021 yil dekabr oyida o‘tkaziladigan Nobel mukofoti bilan taqdirlash marosimi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli onlayn formatda o‘tkaziladi.  

Ta’kidlanishicha, mahalliy auditoriya vakillari Stokgolmdagi marosimda ishtirok etishlari mumkin. Oslodagi tadbir taqdiri esa hozircha noma’lum. 

Qayd etilishicha, taqdimot 10 dekabrga rejalashtirilgan. Nobel haftaligining ba’zi tadbirlari ham onlayn tarzda o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

“Laureatlar Nobel mukofoti medallari va diplomlarini o‘z mamlakatlarida olishadi. Taqdimot Stokgolm ratushasida mahalliy jamoatchilik ishtirokidagi taqdirlash marosimi bilan birlashtiriladi. Norvegiya Nobel qo‘mitasi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlarini Osloda qabul qilish imkoniyatini ochiq qoldiradi. Oktyabr o‘rtalarida qo‘mita Osloda Nobel mukofoti bilan taqdirlash formatini e’lon qiladi”, deyilgan tashkilotchilar bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda ham Nobel mukofotini topshirish marosimi koronavirus pandemiyasi tufayli har yilgidek Stokgolm filarmoniyasida emas, balki onlayn tarzda bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nobel'

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing