Nobel laureati Bangladeshda hukumat tepasiga keldi

Olam

image

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus Bangladesh muvaqqat hukumatiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda “Dhaka Tribune” gazetasi Bangladesh Prezidenti Shaxabuddin Chuppuning matbuot kotibi Joynal Abedinga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yunusni rahbariyatga tayinlash to‘g‘risidagi qaror davlat rahbarining “Talabalar kamsitishlarga qarshi” harakati yetakchilari bilan 6 avgust kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan.

Matbuot kotibiga ko‘ra, muvaqqat vazirlar mahkamasining qolgan a’zolari turli siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng tayinlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 avgust kuni Bosh vazir Shayx Hasina qochib ketgach Bangladesh parlamenti tarqatib yuborilgan edi va noroziliklar yetakchisi Nahid Islom 2006 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, iqtisodchi Muhammad Yunusni muvaqqat hukumat rahbari etib tayinlashni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bangladesh Nobel' Muhammad Yunus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing