Nikolay davridagi tangalar savdosining oldi olindi

Olam

image

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida politsiya xodimlari Shahrinav tumanida yashovchi 54 yoshli fuqaroni qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosida gumon qilib ushladi, deya xabar bermoqda Tojikiston IIV rasmiy sayti. 

Shaxsiy tintuv davomida gumon qilinuvchidan sariq metalldan yasalgan 34 ta metall tangalar topilgan va musodara qilingan, ulardan 17 tasi Rossiya tangalari va Nikolay II davridagi 5 rubllik  tangalar.

Surishtiruv davomida tangalar Mastchox tumanidan bo‘lgan  38 yoshli  fuqaro hamda 40 yoshli dushanbelikdan sotib olingani aniqlandi.

Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat inspeksiyasining 2019 yil 28 avgustdagi ma’lumotnomasi asosida musodara qilingan tangalar 900 ta qimmatbaho metallardan iborat bo‘lib, umumiy og‘irligi 218, 07 grammni tashkil etadi, narxi esa 90 ming 386 somoniy.
Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston tangalar

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing