Nigeriyadagi dahshatli avariyada 30 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 9 fevral kuni Nigeriyaning shimolida sodir bo‘lgan avariya oqibatida kamida 30 nafar odam halok bo‘ldi, shuningdek, jabrlanganlar ham bor. Bu haqda “Daily Post” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gudjungu shahriga yo‘l olgan yuk mashinasi haydovchining ehtiyotsizligi sabab yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Hodisa oqibatida 30 kishi vafot etgan, yana ko‘plab odamlar og‘ir tan jarohatlari olgan.
Kano shtati gubernatori Alhaji Yusuf halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, u shtat Sog‘liqni saqlash vazirligiga shifoxonalarga yotqizilgan barcha jabrlanganlarga hech qanday kechiktirmasdan bepul va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuni WBO, WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq jahon chempioni bo‘lgan britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada avtohalokatga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nigeriya Gudjungu Alhaji Yusuf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing