Nigeriyada qirg‘in. Otishma vaqtida 70 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Olam

image

Nigeriyaning shimoli-sharqida joylashgan Borno shtatida "Boko Haram" radikal islomiy guruhining jangarilari tomonidan hujum amalga oshirildi. Oqibatda kamida 69 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Reuters” agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar Faduma Koloram qishlog‘iga hujum qilgan. Xabar qilinishicha, ular avtomobillar va mototsikllar da yurib, odamlarga qarata o‘t ochgan. Qishloqni vayron qilgan va 1,2 ming bosh qoramol va tuyani o‘g‘irlab ketishgan.

Ma’lumot uchun, Nigeriyada "Islomiy davlatning G‘arbiy Afrika viloyati" deb nomlanuvchi "Boko Haram" radikal islomiy guruhi faoliyat yuritadi. Uning jangarilari G‘arbning ta’lim modeliga qarshi chiqib, mamlakatda shariatning joriy qilinishini talab qilishadi. Niger, Kamerun va Chad tomonidan olib borilgan harbiy kampaniyaga javoban muntazam ravishda qilinadigan hujumlarning aksariyati ushbu guruh tomonidan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nigeriya

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing