Nigeriya Prezidenti butun dunyodagi elchilarini chaqirib oldi
Olam
−
03 Sentabr 2023
10252Nigeriya Prezidenti Bola Tinubu mamlakat diplomatik vakolatxonalaridagi vaziyatni tahlil qilgach, davlatning butun dunyodan barcha elchilarini chaqirib olishga buyruq berdi. Tegishli bayonot Prezident ma’muriyatining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
“Prezident Bola Tinubu butun dunyo bo‘ylab barcha elchilarni o‘z lavozimlaridan chaqirib olish to‘g‘risida buyruq berdi”, deyiladi xabarda.
Nigeriyaning Nyu-York va Jenevada BMTdagi doimiy vakillari chaqirib olinmaydi. Bunga Bosh Assambleyaning bo‘lajak yig‘ilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Xabar qilinishicha, Prezident o‘z diplomatik bo‘limlarini fuqarolar, aholi va potensial mehmonlarga xizmat ko‘rsatishda jahon darajasidagi samaradorlik va sifatni ta’minlaydigan tarzda tashkil etishga qaror qilgan.
LiveBarchasi