Niderlandiyaning to‘rt yirik shahri JCH yarim final o‘yinini ko‘rsatmaydi 

Sport

image

Niderlandiyaning to‘rtta yirik shahri JCH yarim finalidan o‘rin olgan Marokash va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuvini ommaviy tarzda namoyish etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda 13 dekabr kuni nu.nl axborot portali xabar berdi.

Amsterdam va Gaaga rasmiylari ta’kidlaganidek, bu qaror Marokashning oldingi g‘alabalaridan keyin sodir bo‘lgan tartibsizliklar bilan bog‘liq. 

Bugun, 14 dekabr kuni Marokash va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Marokash Jahon chempionatining yarim finaliga chiqqan birinchi Afrika jamoasi hisoblanadi.

Amsterdam shahri ma’muriyati jamoat xavfsizligiga tahdid bo‘lishini oldini olish maqsadida Marokash-Fransiya bahsi namoyishini ommaviy joylarda tashkil etishdan bosh tortdi. 

“Oddiy muxlislar ham pirotexnika vositalari yoki nojo‘ya xatti-harakatlar qurboni bo‘lishi mumkin”, deyiladi Amsterdam hokimligi bayonotida.

Ayni paytda poytaxt hokimiyati qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, Utrext va Rotterdam shaharlari ham muxlislarga Marokash-Fransiya bahsini ommaviy tomosha qilishni man etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing