Ngannu bo‘lajak raqibini haqiqatni yashirishda aybladi

Sport 1487
image

Avvalroq, mashhur MMA murabbiy Fernand Lopez o‘z shogirdi Siril Gan (10-0) bir necha yil avval bo‘lib o‘tgan sparringda Fransis Ngannuni (16-3) nokaut qilgani haqida aytib o‘tgan edi. 

Super og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Ngannu ham sparring janglarida fransiyalik Siril Ganni nokautga uchratganini ta’kidladi.

“Men Sirilni sparring paytida yiqitgan video uning jamoasida bor, lekin yolg‘onchilar o‘z jangchilarini kuchli ko‘rsatish uchun uni ommaga havola etishni istashmadi. O‘tmishda ular bilan mashg‘ulot o‘tkazganim uchun men haqimda barcha narsani bilamiz, deb o‘ylashadi. Lekin men ancha o‘zgardim, biroq ularni yaxshi bilaman”, deydi Ngannu.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli kamerunlik jangchi joriy yilning 22 yanvar kuni Kaliforniya shtatining Anaxaym shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadigan UFC 270 musobaqasining markaziy jangida sobiq jamoadoshi Siril Ganga qarshi o‘z kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, UFC prezidenti Dana Uaytning fikricha, bu og‘ir vazn toifasi tarixidagi eng yirik jang bo‘ladi.
 

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 15
Reyting: 3.1
Teglar
t
×