Fyuri Ngannuga “katta pul” va jang taklif qildi

Sport

image

Super og‘ir vazn toifasida WVC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri o‘zining Twitter sahifasi orqali UFC super og‘ir vazn toifasi chempioni kamerunlik Fransis Ngannuni Siril Gan ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi va uni ringga chorladi.

“Tabriklayman, Fransis. Lekin katta pul ishlashni istasang, “Lo‘lilar qiroli” bilan bog‘lan”, deya yozgan Fyuri.

Bir necha kun avval, Fyuri va Ngannu boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu tashabbus Taysondan chiqqan. U hatto jang uchun ehtimoliy manzil ham topgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 yanvar kuni o‘tkazigan UFC 270 turniri jangchilariga to‘langan umumiy gonorar WVC yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vazn toifasi chempioni Tayson Fyuri va uning raqibi Deontey Uaylderning uchinchi jang uchun olgan daromadlaridan 25 baravar kamroq bo‘lgan.

UFC 270 ning asosiy jangida super og‘ir vazn toifasining amaldagi chempioni, kamerunlik jangchi Fransis Ngannu vaqtinchalik chempion, fransiyalik Siril Gan bilan ro‘baro‘ keldi. Qarama-qarshilik Ngannuning g‘alabasi bilan yakunlandi va u o‘z kamarini ilk marta himoya qildi.

Ma’lumot uchun, Ngannu UFC bilan tuzgan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi va o‘zini prof boksda sinab ko‘rishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Boks F'yuri Ngannu

Baholaganlar

29

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing