Ngannu UFC’dan ketish sabablarini ochiqladi
Sport
−
24 yanvar 2022
3383Superog‘ir vazn toifasida UFC chempioni Fransis Ngannu sobiq jamoadoshi, fransiyalik Siril Gan bilan jangdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida tashkilot bilan yangi shartnoma imzolamasligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bu shunchaki pul uchun emas. Men buni adolatli deb hisoblamayman. O‘zimni erkin odamdek va yaxshi munosabatda bo‘lishayotganini his qilmayapman. Buni aytishga majbur bo‘lganimdan afsuslansam-da, har kim o‘zi uchun eng yaxshi narsani talab qilish huquqiga ega bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Oxir-oqibat, biz bu ish uchun juda ko‘p mehnat qilamiz va ko‘p narsalarni o‘z zimmamizga olamiz, shuning uchun adolatli va halol mukofot olishni istaymiz” deydi Ngannu.
Ngannu, avvalroq gonorarini 500 000 dan 600 000 AQSH dollaridan oshirmaydigan tashkilot bilan amaldagi shartnomasi bo‘yicha oritiq jang qilmasligini ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 yanvar kuni Fransis Ngannu sobiq jamoadoshi Siril Ganga qarshi bahs olib bordi va faoliyatida ilk bor ochkolar evaziga g‘alaba qozondi. Jang yakunida UFC prezidenti Dana Uayt 35 yoshli kamerunlik jangchiga chempionlik kamarini topshirish uchun oktagonga kirmadi.