Boks va UFC chempionlari bitta jangda qancha pul topadi?
Sport
−
27 yanvar 2022
10933Joriy yilning 23 yanvar kuni o‘tkazigan UFC 270 turniri jangchilariga to‘langan umumiy gonorar WVC yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vazn toifasi chempioni Tayson Fyuri va uning raqibi Deontey Uaylderning uchinchi jang uchun olgan daromadlaridan 25 baravar kamroq bo‘lgan.
“UFC 270 da qatnashgan barcha jangchilar uchun umumiy to‘lov 1,8 million dollarni tashkil etdi. Fyuri Deontey Uaylder bilan uchinchi jangi uchun 30 million dollar ishlab oldi. Uaylder esa 20 million. Fyuri va Uaylder UFC 270 ning barcha jangchilari daromadidan 25 baravar ko‘p ishlab olishdi. Shundan so‘ng, promoushen jangchilarining maoshlari muammo emasligini tushuntirib bering”, deya yozgan “Combat Sport” jurnalisti Andreas Xeyl.
Eslatib o‘tamiz, UFC 270 ning asosiy jangida super og‘ir vazn toifasining amaldagi chempioni, kamerunlik jangchi Fransis Ngannu vaqtinchalik chempion, fransiyalik Siril Gan bilan ro‘baro‘ keldi. Qarama-qarshilik Ngannuning g‘alabasi bilan yakunlandi va u o‘z kamarini ilk marta himoya qildi.
Ma’lumot uchun, Ngannu UFC bilan tuzgan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi va o‘zini prof boksda sinab ko‘rishini ma’lum qilgan edi.