Neymar Amerika kubogini o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi a’zosi va Braziliya terma jamoasi yetakchisi Neymar 2024 yilgi Amerika kubogida vatani termasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda terma jamoa shifokori Lasmar ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, 2024/2025 yilgi mavsum boshida to‘liq safga qaytishi rejalashtirilgan Neymarni keyingi yozgacha tiklanishga majburlashdan ma’no yo‘q. 

Amerika Kubogi 2024 kelasi yilning 20 iyundan 14 iyuliga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Neymar 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi Braziliya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda jarohat olgan edi. Keyinchalik futbolchiga chap tizzasidagi xochsimon payning uzilishi tashxisi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Neymar Braziliya Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing