Netanyaxuni Gitlerning taqdiri kutmoqda – Fidan 

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham fashistlar yetakchisi Adolf Gitler bilan bir xil taqdirga duch kelishi mumkin. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Genotsidchi Netanyaxuning yakuni genotsidchi Gitlerning oxiri bilan bir xil bo‘ladi. Falastinliklarni yo‘q qilishga urinayotganlar o‘z qilmishlari uchun genotsidchi fashistlar kabi javob beradi. Insoniyat falastinliklar tomonida bo‘ladi, sizlar ularni yo‘q qila olmaysizlar”, deyiladi postda.

Shuningdek, Fidan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Turkiya Liviya va Qorabog‘da bo‘lgani kabi Isroilga ham kirishi mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh berdi. Fidanning fikricha, Erdo‘g‘an “insoniyat vijdonining ovoziga” aylangan.

“Bu ovozni bostirishga urinayotgan xalqaro sionistik doiralar, ayniqsa, Isroil katta vahima ichida. Genotsidni sodir etganlar va ularni qo‘llab-quvvatlaganlarning hammasi xuddi shunday yakun topdi”, deb yozadi Xoqon Fidan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Isroilga ham kirishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, Falastin rahbari Mahmud Abbos Turkiya parlamentida nutq so‘zlamoqchiligini ma’lum qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Erdo'g'an Bin'yamin Netan'yaxu Xoqon Fidan Genotsid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made