Netanyaxu Rafahga bordi (video)
Olam
−
19 iyul
5711Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga bordi. Bu haqda Bosh vazir maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.
Netanyaxu Isroil armiyasining 162-diviziyasi joylashgan hududga tashrif buyurdi, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi va Isroilning Filadelfiya koridori deb ataladigan hududni - G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi hududni va Rafah nazorat-o‘tkazish punktini nazorat qilishi anklavdagi operatsiyani “davomi uchun global ahamiyatga ega” ekanini aytdi.
Bosh vazirning aytishicha, faqat HAMAS harakatiga harbiy bosim o‘tkazish anklavda garovga olinganlarni ozod qilishga yordam beradi.
Rafah nazorat-o‘tkazish punkti Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi yagona nazorat punkti hisoblanadi. Gumanitar yordamning asosiy qismi anklavga u orqali kirgan. May oyi boshida Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridan o‘tish joyi ustidan nazorat o‘rnatgan edi. Bunga javoban Misr hukumati Isroil bilan gumanitar yordam jo‘natishini muvofiqlashtirishdan bosh tortdi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil va HAMAS harakati o‘rtasida urush davom etmoqda.
LiveBarchasi