Netanyaxu Qatarning taklifini rad etdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Qatarning G‘azo sektoridagi falastinliklarga insonparvarlik yordamini oshirish taklifini muhokama qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Isroilning 12-telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, Qatardan tegishli taklifni Isroil Bosh vaziriga AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns yetkazgan.

Netanyaxu G‘azo sektorida garovda saqlanayotgan isroilliklar ularga yuborilgan dori vositalarini olgani haqida dalil olmaguncha, bu masalani muhokama qilishdan bosh tortdi. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni Qohirada Misr Misr Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Abbos Kamol, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byorns, Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy hamda Isroil razvedka xizmati “Mossad” rahbari David Barnea  o‘rtasida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda G‘azo sektoridagi mojaro tomonlari o‘rtasida HAMAS qo‘lidagi garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklar bilan almashish bo‘yicha mumkin bo‘lgan kelishuv, shuningdek, anklavda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish istiqbollari muhokama qilindi. Kecha, 15 fevral kuni MRB rahbari Uilyam Byorns Isroilga yetib bordi. U mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va “Mossad” rahbari David Barnea bilan muzokaralar o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Isroil G'azo Bin'yamin Netan'yaxu MRB Uil'yam Byorns

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing