Netanyaxu Eronga tahdid qildi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga Isroil havo hujumi uyushtirganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda, nomini aytmay turib, Tehronga bilvosita tahdid qildi. Buni Isroil Bosh vaziri idorasi tomonidan tarqatilgan yozma bayonotdan anglash mumkin.

Netanyahu Tel-Nof havo bazasiga borgan va u yerda Eronning ehtimoliy hujumi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Damashq konsulligiga uyushtirilgan hujum ortidan Eronning Isroilga hujum qilishi ehtimolini muhokama qilar ekan, Netanyaxu uning mamlakati mudofaa nuqtai nazaridan barcha xavfsizlik ehtiyojlarini qondira olganini aytdi.

Uning aytishicha, Isroil qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Bir tomondan G‘azoda keng ko‘lamli hujumlarni davom ettirsa, ikkinchi tomondan isroillik mahbuslarni qaytarish uchun harakat qilmoqda.

"Biz oddiy qoida o‘rnatdik: kim bizga zarar yetkazsa, biz ham unga zarar beramiz", degan Binyamin Netanyaxu Isroil mintaqadagi boshqa mamlakatlardan ba’zi xavotirli ssenariylarga tayyor ekanini ta’kidlagan holda.

Ma’lumot uchun, 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havodan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilob qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi, jumladan 2 general halok bo‘ldi. Eron hujum uchun zudlik bilan javob qaytarishini aytdi va voqeada AQSHni aybladi. 4 aprel kuni Eron ma’naviy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘zining X sahifasida Isroilni konsullik bo‘limiga havo hujumi uyushtirgani uchun tavba qilishga majbur qilishini ibroniy tilida yozdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats X ijtimoiy tarmog‘ida Eron ma’naviy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiyning akkauntini belgilagan holda ibroniy va fors tillarida post qoldirib, Eron tomoni hujum qilsa, Isroil Eronga zarba berishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing