Nepalda Telegram bloklandi
Olam
−
19 iyul 2524 1 daqiqa
Nepal hukumati mamlakatda jinoyatlar ko‘paygani sababli Telegram messenjeriga kirishni bloklashga qaror qildi. Bu haqda “Kathmandu Post” xabar berdi.
Mamlakatning Elektraloqa boshqarmasi bergan bayonotga ko‘ra, Telegram firibgarlik va pul yuvish maqsadlarida ishlatilmoqda.
Barcha telekommunikatsiya kompaniyalariga messenjerga kirishni darhol cheklash yoki butunlay yopish topshirilgan. Bu chora xavfsizlik xizmatlarining Telegram orqali amalga oshirilayotgan noqonuniy faoliyatlar haqidagi murojaatlaridan so‘ng ko‘rilgan.
Nashrning qayd etishicha, bu qaror 2023 yilning noyabrida TikTok’ga nisbatan qabul qilingan o‘xshash choralarni eslatadi. O‘sha paytda TikTok jamiyat tartibini buzuvchi kontent va zararli materiallar tarqalayotgani sababli bloklangan edi. Biroq keyinchalik ByteDance kompaniyasi Nepal qonun-qoidalariga rioya qilishga rozi bo‘lgach, taqiq olib tashlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyada sud Telegram messenjerining vaqtincha faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qaror chiqargandi. Bunga ikki Telegram kanaliga oid da’vo sabab bo‘lgan.
Live
Barchasi