Nepal fuqarolariga Rossiya va Ukrainada ishlash uchun ruxsatnoma berishni to‘xtatdi

Olam

image

Nepal hukumati mamlakat fuqarolariga Rossiya va Ukrainada ishlash uchun ruxsatnoma berishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” xorijda ishga joylashtirish departamenti direktori Kabiraj Upretiga tayanib xabar berdi.

Bunday qaror Ukrainadagi urushda mamlakatning bir necha fuqarosi halok bo‘lganidan keyin qabul qilingan.

Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarida 200 nafargacha Nepal fuqarosi xizmat qilgan. Nepal Tashqi ishlar vazirligi 100 ga yaqin nepallik hamon bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Upreti ruxsatnoma berishni to‘xtatish qarori fuqarolar xavfsizligi uchun qabul qilinganini bildirgan.

“Reuters”ning ta’kidlashicha, Nepal fuqarolari chet elda ishlash uchun rasmiylardan ruxsat olishlari kerak.

Bu favqulodda vaziyatlarda davlat yordamiga yoki vafot etgan taqdirda oilaga tovon puliga ishonish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Nepal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing