Toshkent nega “Venetsiyaga aylandi”? Poytaxt hokimligi tilga kirdi

Jamiyat

image

Kecha, 2 aprel kuni tushdan keyin poytaxt Toshkent shahrida kuzatilgan yog‘ingarchilik sabab ko‘cha va metro bekatlarini suv bosib ketdi. Poytaxt hokimligi yomg‘ir suvlari nima sababdan ko‘chalarga toshib ketganiga izoh berdi.

Qayd etilishicha, kecha 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 20 millimetr yomg‘ir yog‘gan va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy me’yorning, ya’ni 60 millimetrning uchdan bir qismini tashkil qiladi.

“Toshkentdagi lotoklarning o‘rtacha diametri 300 millimetrga teng. Ular yog‘ingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga yetkazadi. Lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani bois, shahrimizdagi bir necha manzilgohlarda suv to‘planishi kuzatildi”, deyiladi hokimlik munosabatida.

Keltirilishicha, bu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va uning tuman boshqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilgan. Shu kuni soat 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing