O‘zbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test o‘tkazish boshlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kelasi haftadan aholida koronavirusga qarshi antitanachalar borligini aniqlash uchun test o‘tkazish boshlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov ma’lum qildi.

“Biz hozirgi kunga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolarni esa karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik.

Koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili kerak, xolos. Antitanachalar esa bemor davolanib chiqqanidan so‘ng paydo bo‘ladi va davolash standartlari hamda protokollariga ta’sir o‘tkaza olmaydi”, dedi Habibullo Oqilov.

SSV vakilining ta’kidlashicha, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak bo‘ladi.

“Buning uchun O‘zbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda”, deya ta’kidladi shtab a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 24 iyundan O‘zbekistonda koronavirusga test tahlilini nodavlat tibbiyot muassasalarida ham topshirishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing