Neft davrining tugashi bashorat qilindi. Navbat nimaga keladi?
Olam
−
30 Sentabr 2020
16800Fransiyaning neft-gaz sohasidagi yirik kompaniyasi Total 2030 yilga borib neft erasi poyoniga yetishini bashorat qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Total tahlilchilari dunyo bosqichma-bosqich nisbatan ekologik energiyaresursga, xususan, tabiiy gazga o‘tishiga ishonyapti. Kompaniya yonilg‘ining bu turi dunyo bozorida asosiy rolni o‘ynaydi, deb hisoblamoqda.
Shuningdek, 205 0yilga borib elektr energiyasiga talab sezilarli ortadi. U insoniyatning barcha energiya resurslariga bo‘lgan talabining 40 foiziga yetadi. Ayni vaqtda barcha energiya resurslariga bo‘lgan talabning 20 foizini elektr energiyasi tashkil qiladi.
Shu sababdan Total quyosh va shamol energetikasiga investitsiya kiritish va avtomobillarni quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish niyatida.
LiveBarchasi