Nazarboyevning jiyani yana bir muddat qamoqda qoladigan bo‘ldi

Olam

image

Nur-Sultonning (Qozog‘iston) ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi respublikaning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiulini qamoqda saqlash muddatini bir oyga uzaytirdi. Bu haqda 
sud matbuot xizmati xabar berdi.  

U joriy yilning 13 mart kuni Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish va “Kazaxtelekom” AJ mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinib qo‘lga olingan. Ta’kidlanishicha, Satibaldiulining davlat xavfsizligiga putur yetkazuvchi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.  

15 mart kuni Nur-Sulton shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi Satibaldiulini ikki oyga qamoqqa olishga ruxsat bergan.

“12 may kuni Nur-Sulton shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi gumonlanuvchi Qayrat Satibaldiuliga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi muddatini bir oyga uzaytirdi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, sud Nursulton Nazarboyevning qudasi, nabirasi Oysultonning qaynotasi, tadbirkor, respublika Milliy paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Qayrat Bo‘ranboyevni hibsga olish muddati uzaytirilganini ma’lum qildi.

“10 may kuni Nur-Sulton shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi gumonlanuvchi Qayrat Bo‘ranboyevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash muddatini bir oyga uzaytirdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bo‘ranboyev joriy yil mart oyi o‘rtalarida kvazidavlat sektorida katta miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha jinoiy tergov doirasida qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Nazarboev Satibaldiuli

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing