Nazarboyevning jiyani ishdan olinmagan – MXQ

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarida Birinchi Prezidentning jiyani – Elboshi Nursulton Nazarboyevning jiyani Samat Abish Milliy xavfsizlik qo‘mitasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgani va hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq uning qamoqqa olingani o‘z tasdig‘ini topmadi. Ommaviy axborot vositalari tekshirilmagan axborot uchun uzr so‘radi. 

Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq Prezidentning jiyani MXQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallashda davom etmoqda. Bu haqda MXQ “Interfaks”ga ma’lum qilgan. 

“Birinchi o‘rinbosar favoliyatini davom ettirmoqda”, dedi agentlik suhbatlashgan manba.

43 yoshli general-leytenant Samat Satibaldiuli Abish Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasining o‘g‘lidir. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi akademiyasini va Rossiya Tashqi razvedka xizmati akademiyasini tamomlagan. 

2010 yil yanvaridan 2015 yil dekabrigacha Abish kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosarigacha ko‘tarilgan.

Oirgi ikki kunda Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev va uning oila a’zolari atrofidagi gap-so‘zlar soat sayin ortdi. Bunga hamohang tarzda oxirgi mashmashalar fonida Nazarboyev va oilasi munosabat bildirmadi. Olma-otada esa uning sobiq qarorgohiga o‘t qo‘yildi, haykali ag‘darildi. Murakkab vaziyat biroz tin olgach Nazarboyev yana paydo bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning uzoq yillik hamkori, mamalakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonat qilish fakti bo‘yicha hibsga olindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Samat Abish

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing