Nazarboyevning jiyani 8 yilga “kesildi”
Olam
−
20 mart 2024 9614 1 daqiqa
Qozog‘iston Respublikasining sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Samat Abish 8 yilga shartli ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 26 fevral kuni Samat Abishning ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. MXQ raisining sobiq birinchi o‘rinbosari yanvar voqealari bo‘yicha mansab vakolati doirasidan chetga chiqishda ayblangan.
"U general unvoni va davlat mukofotlaridan mahrum etildi, ammo mulki musodara qilinmadi", deb yozadi DAT nashri.
Avvalroq, Bosh prokuraturaning maxsus prokurorlari MXQ raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Samat Abishga nisbatan yanvar voqealari chog‘ida o‘z vakolati va mansab vakolatini suiiste’mol qilganligi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, MXQ raisining sobiq o‘rinbosari Samat Abishning akasi Qayrat Satibaldiuli ham 2 oy muddatga qamalgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025