Nazarboyevning jiyani 1,6 milliard dollarni davlatga qaytardi

Olam

image

2022 yildan beri sudlanayotgan tadbirkor Qayrat Satibaldi noqonuniy olib qo‘yilgan 732,8 milliard tenge (1,6 milliard dollar) aktivlarini davlatga qaytardi. Bu haqda Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati rasmiy vakili Arman Tleukenov ma’lum qildi. 

“Bugunga qadar, 2022 yildan buyon jami 1 trillion tengedan ortiq (2,2 milliard dollar) mablag‘ qaytarildi. Shundan 732,8 milliard tenge Qayrat Satibaldiga nisbatan davom etayotgan jinoiy ish doirasida qaytarilgan pulga to‘g‘ri keladi”, deydi Arman Tleukenov.

2024 yil yanvarida Qayrat Satibaldi mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilgan 650 milliard tenge (1,4 milliard dollar), jumladan, turli mol-mulkni davlatga qaytargani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Qayrat Satibaldi Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani hisoblanadi.

U 2022 yil 26 sentyabrda “Kazaktelekom” AJ va “STS” AJda o‘ta katta hajmdagi o‘g‘rilik uchun olti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Shuningdek, unga 10 yil davomida davlat tashkilotlaridagi yuqori lavozimlarda ishlash taqiqlangan.

Satibaldi va jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar jabrlanuvchi bilan vositachilik kelishuvi tuzib, aybiga iqror bo‘lib, yetkazilgan zararni (jami 500 million dollardan ortiq) qoplagan. Tadbirkor nazoratidagi firmalar “Kazaktelekom”ning 28,8 foiz ulushini davlat mulkiga qaytargan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qayrat Satibaldi shartli ravishda ozodlikka chiqish uchun ariza bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Qayrat Satibaldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing