Nazarboyevning janozasida Bosh vazir ham qatnashdi

Olam

image

Olmaota viloyati Shamalgan qishlog‘ida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyeyevning ukasi Bolat Nazarboyevni so‘nggi manzilga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mahalliy nashrlarning yozishicha, marhumning uyiga, shuningdek, qabristonga olib boruvchi yo‘llar to‘silgan, odamlar o‘tkazilmagan, yo‘llarda politsiya navbatchilik qilgan. 

Dafn marosimiga Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev olamdan o‘tdi. U 70 yoshda edi. Birinchi prezident matbuot kotibi Bolat Nazarboyevning o‘limiga uzoq davom etgan kasallik sabab bo‘lganini aytdi. 

Noyabr oyi boshida Bolat Nazarboyev Olmaota shifoxonalaridan biriga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. Uning ahvoli barqaror ekanligi qayd etildi. 

Bolat Nazarboyevda 2015 yilda xavfli o‘sma (buyrak karsinomasi) aniqlangan. Keyin transplantatsiya amalga oshirilgan. Kasallik progressiv og‘ir qandli diabet bilan murakkablashgan. 2021 yilda shifokorlar yana bir tashxisni – halqum saratonini qo‘ygan. 2021 yil 29 iyul kuni Germaniyada Qozog‘iston Birinchi Prezidentining ukasi halqumni olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilingan, shundan so‘ng ko‘plab asoratlar paydo bo‘lgan. Sentyabr oyida sepsis va tromboz rivojlanib, uning ahvoli og‘irlashgan. U komaga tushgan va klinik o‘limdan omon qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Bolat Nazarboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing