Olmos, Nazarboyevlar va qamoq: Najib Razzoq işida kutilmagan buriliş böldi

Olam

−

image

Malayziyaning sobiq boş vaziri Najib Razzoqga uy qamoğiga ötişiga ruxsat berildi. Malayziya Oliy sudi tegişli qarorni bugun, 10 noyabr kuni qabul qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Razzoq 2022 yilning avgustidan beri hibsda saqlanmoqda. U 1MDB davlat jamğarmasi bilan boğliq bölgan SRC International kompaniyasi mablağlari böyiça aybdor deb topilgan. Jamğarmaning özi keng kölamli korrupsiya mojarosi markazida bölgan: AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, undan 4,5 milliard dollardan ortiq mablağ noqonuniy ravişda olib çiqib ketilgan.

Millionlar, olmos va Nazarboyevlar oilasi bilan aloqa: Najib Razzoq qanday mojarolarga aloqador?

Najib Razzoq 2009-2018 yillarda Malayziya Boş vaziri bölib işlagan. U 2009 yilda Malayziya iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş maqsadida 1MDB (1Malaysia Development Berhad) suveren jamğarmasiga asos solgan va unga şaxsan özi rahbarlik qilgan.

2015 yil martida esa Razzoqning qizi Nuriana Najva Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyevning sobiq rafiqasi Mayra Qurmanğaliyevaning öğli Doniyor Kesikbayevga turmuşga çiqqan. 2015 yil aprel – iyul oylarida OAVda Najib Razzoqning rafiqasi Rosma Mansur atrofida 6,5 million dollarlik olmos uzuk bilan boğliq mojaro avj oldi (uning qozoğistonlik qudalar tomonidan sovğa qilingani haqidagi taxminlar tasdiqlanmadi). Öşa yil iyulda esa “The Wall Street Journal” jamğarmadan Razzoqning şaxsiy hisobvaraqlariga 700 million dollar ötkazilganini foş qildi.

2016 yilda AQŞ Adliya vazirligi 1MDB jamğarmasidan 4,5 milliard dollardan ortiq mablağ noqonuniy ravişda olib çiqib ketilganini e’lon qildi. 2018 yil may oyida Korrupsiya mojarolari fonida Najib Razzoq saylovda mağlub böldi. Siyosatçining xonadonidagi tintuv çoğida 273 million dollarlik naqd pul, qimmatbaho sumkalar va 14 000 dan ortiq zargarlik buyumlari musodara qilindi.

2020 – 2022 yillarda sud Najib Razzoqni 1MDB’ga aloqador SRC International işi böyiça aybdor deb topdi. 2022 yil avgustda u 12 yillik qamoq jazosini ötaş uçun qamoqxonaga yuborildi (keyinçalik muddat 6 yilga qisqartirildi).

Ötgan yilning dekabrida Razzoq 1MDB böyiça alohida yirik iş yuzasidan yana 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bugun, 10 noyabr kuni Malayziya sudi unga qolgan jazo muddatini uy qamoğida ötaşga ruxsat beriş haqida qaror çiqardi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing