Futbol bo‘yicha eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya rekordi yangilandi

Sport

image

Malayziyaning “Joxor Darul Tazim” klubi milliy chempionatlardagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Joriy yilning 21 avgust kuni Malayziya Superligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvda “Joxor Darul Tazim” o‘z maydonida “Kuching Siti”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Markos Gilerme 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Oskar Arribas va Shahob Zahidi ikkinchi bo‘limda bittadan gol urdi.

Bu g‘alaba “Joxor Darul Tazim”ning milliy chempionatdagi qatorasiga 109-mag‘lubiyatsiz uchrashuvi bo‘ldi. Klub 2021 yil aprelidan beri chempionatda mag‘lubiyatga uchramayapti.

Shu tariqa Malayziya klubi Kot-d’Ivuarning “ASEC Mimozas” jamoasiga tegishli bo‘lgan avvalgi rekordni yangiladi. Afrika klubi 1989–1994 yillar oralig‘ida milliy chempionatda 108 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan edi.

Ma’lumot uchun, “Joxor Darul Tazim” so‘nggi to‘rt mavsumda Malayziya Superligasida mag‘lubiyatsiz chempion bo‘lgan. Jamoa shuningdek, qatorasiga 13-chempionlik uchun kurashmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing