Nazarboyevning ukasi va kelini “reyderlik”da gumonlanyapti – OAV
Olam
−
22 avgust 2022
9413Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev va uning sobiq rafiqasi Mayra Qurmangaliyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “KazTag” xabar berdi.
“17 iyun kuni Olma-ota shahar iqtisodiy tergov departamenti tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 249-moddasi 1-qismi (bosqinchilik) bilan jinoyat sodir etish holatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi”, degan mamlakat Bosh prokuraturasi nashr so‘roviga javoban.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 iyun kuni taniqli qozog‘istonlik jurnalist Mixail Kozachkov Bolat Nazarboyev va uning sobiq rafiqasiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi. Keyinroq Moliyaviy monitoring agentligi (MMA) Nursha Kakenovdan “Karuan” MCHJ bosqinchilik yo‘li bilan olib qo‘yilgani haqida ariza tushganini tasdiqlab, arizachining dalillari tekshirilayotganini ma’lum qilgan, biroq tergov boshlanishi haqida so‘z ochilmagan.
14 iyul kuni Olma-otada taniqli biznes tuzilmalarini egallab olish bo‘yicha bosqinchilik guruhlari faoliyati to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi. MMA ma’lumotlariga ko‘ra, “jinoyatchilar mamlakatdagi taniqli tadbirkorlarning biznesini zo‘ravonlik, tahdid va shantajni qo‘llash orqali o‘z mulklariga aylantirgan”. Shundan so‘ng, OAV Olma-otada bosqinchilar ishi bo‘yicha hibsga olinish Bolat Nazarboyev bilan bog‘liq ekani haqida xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni Bolat Nazarboyev va kuyoviga aloqador noqonuniy mayning (kriptovalyutalarni ishlab chiqaruvchi fermalar) kompaniyalari aniqlangandi.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi 55 ta mayning kompaniyalar faoliyatiga chek qo‘yilgan. Chunki ular o‘z faoliyatini boshlagani haqida vakolatli organni xabardor qilmagan. Bundan tashqari maxsus iqtisodiy zonalardagi energiya manbalariga texnik shartlarni bajarmasdan, noqonuniy ulangan. Shuningdek, soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
LiveBarchasi