Sobiq prezident jiyanining mol-mulki tekshirilmoqda – Bosh prokuratura
Olam
−
24 Oktabr 22973 2 daqiqa
Bosh prokuratura Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Bolat Nazarboyevning o‘g‘li Nurbol Nazarboyevning mol-mulkini tekshirmoqda. Bu haqda Bosh prokuror Berik Asilov parlament so‘roviga javoban ma’lum qildi.
24 sentyabr kuni parlament deputati Rinat Zayit sudlar tomonidan Nurbol Nazarboyevdan 57 milliard tenge mablag‘ olib qo‘yilgani va uning barcha bank hisoblari muzlatilganini aytdi. Zayit, shuningdek, Bolat Nazarboyev va uning oilasi bozorlarga korporativ reyd uyushtirishi mumkinligini ham eslatib o‘tdi.
Rinat Zayit o‘z so‘rovida Nurbol Nazarboyevning mol-mulkini inventarizatsiya qilish, noqonuniylarini aniqlash va davlatga qaytarishni talab qilgan.
Bosh prokuratura qanday javob berdi?
Bosh prokuror Berik Asilov parlament so‘roviga javoban, noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlarni qaytarish bo‘yicha komissiya qaroriga asosan 1,3 trillion tengega teng aktivlarga nisbatan chora-tadbirlar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan:
- qariyb 750 milliard tenge va 103 milliard tengega teng mol-mulk ixtiyoriy ravishda qaytarildi;
- yana 112 milliard tenge majburiy tarzda qaytarildi.
Nurbol Nazarboyevga nisbatan Asilov shunday javob berdi:
“Aktivlarni qayta tiklash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalari qonun bilan qo‘riqlanadigan sirlarni himoya qilish bo‘yicha talablarga rioya qilgan holda ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilinib boriladi. Qonunga ko‘ra, bu ish sizning so‘rovingizda ko‘rsatilgan shaxslarni ham o‘z ichiga oladi. Siz taqdim etgan ma’lumotlar aktivlarni o‘zlashtirish, olib qo‘yish va qaytarishga qarshi kurashishda inobatga olinadi”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldining qamoq jazosi yengillashtirilib, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi munosabati bilan qamoq muddatining qolgan qismi ozodlikni cheklash bilan almashtirilgandi.
Live
Barchasi