Nazarboyev og‘ir judolikka uchradi
Olam
−
14 may 60327 1 daqiqa
Bugun, 14 may kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sara Nazarboyeva Olmaotada 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Ulysmedia” xabar berdi.
Sara Nazarboyeva bir necha kundan beri Prezident ma’muriyatining tibbiyot markazida og‘ir ahvolda yotgan edi. Joriy yilning yilning 5 may kuni uning shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Mahalliy va xorijiy shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga harakat qilgan, biroq buning imkoni bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, Sara Alpisovna Nazarboyeva 1941 yil 12 fevralda tug‘ilgan. U Nursulton Nazarboyev bilan turmush qurgan bo‘lib, juftlikning uch nafar qizi bor. Sara Nazarboyeva Yoshligida ishlab chiqarishda ishlagan, keyinroq iqtisodiy soha bo‘yicha oliy ma’lumot olgan.
1992 yilda u “Bo‘bek” nomli xayriya fondini tashkil etgan. Sara Nazarboyeva bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyati uchun bir qator xalqaro mukofotlarga loyiq ko‘rilgan.
U 1991 yildan 2019 yilgacha Qozog‘istonning birinchi xonimi bo‘lgan.
2024 yil 26 dekabrda ijtimoiy tarmoqlarda uning vafoti haqida xabar tarqalgan edi. Ertasi kuni tarmoqlar texnik xatolik uchun uzr so‘ragan va Nursulton Nazarboyev matbuot xizmati bu xabarni rad etgan.
Live
Barchasi