Nazarboyevning rafiqasi xastalikka chalindi
Olam
−
06 may 10023 1 daqiqa
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sara Nazarboyeva shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Olmaota jamoat kengashi a’zosi Rafael Gasanov Facebook sahifasida ma’lum qildi.
“Ular Sara Alpisovnaning kasal ekani rostmi, deb so‘rashadi. Ha, afsuski, bu haqiqat”, deya yozgan u.
Gasanov Nazarboyeva qanday kasallikdan aziyat chekayotganiga aniqlik kiritmagan. Ammo u yaqin qarindoshlari bilan Olmaotadagi Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyatining tibbiyot markazida davolanayotganini yozgan.
Ammo Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyatining tibbiyot markazi shifoxonasi sobiq birinchi xonimning u yerga yotqizilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi, balki inkor ham qilmagan.
Ma’lumot uchun, Sara Nazarboyeva 1941 yil 12 fevralda Qarag‘anda viloyatida tug‘ilgan va maktabdan keyin iqtisodchi diplomini olgan. U Nazarboyev bilan 21 yoshida tanishgan va ularning nikohidan uch qiz tug‘ilgan: Darig‘a, Dinara va Aliya. 1992 yilda Nazarboyeva (o‘sha paytda uning turmush o‘rtog‘i Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan edi) “Bobek” bolalar xayriya jamg‘armasiga asos solgan, 1994 yildan “SOS – Qozog‘iston bolalar qishloqlari” jamg‘armasi prezidenti, 1999 yil martidan “Demografiya” jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldining sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldi 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi