Nazarbekov va Usmonova boshchiligida san’atkorlar Sardobaga insonparvarlik yordamini yubormoqda
Madaniyat-san’at
−
03 may 2020
40187O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov va O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi boshchiligida san’atkorlar Sardoba fojiasida jabr ko‘rgan oilalarga yordam aksiyasini boshladi. Bu haqda Nazarbekov va Usmonova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar qoldirdi.
Qayd etilishicha, ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar va boshqa turdagi mahsulotlar “Turkiston” san’at saroyida to‘planmoqda. Shuningdek, pul ko‘rinishidagi yordamlarni qabul qilish uchun alohida hisob raqami ochilgan.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova esa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z mahallasida to‘plangan buyumlar va moddiy yordamlarni qabul qilib olayotgani aks etgan videoni joylashtirdi. Ushbu videoda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Odiljon Abduqahhorovni ham ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, san’atkorlar tomonidan to‘plangan buyumlar, oziq-ovqatlar va kiyim-kechaklar karvoni joriy yilning 5 may kuni Sirdaryoga yuboriladi.
San’atkorlarning xayriyasiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar o‘z yordamlarini “Turkiston” saroyiga yetkazib berishi yoki naqd ko‘rinishda bo‘lmagan pul mablag‘larini to‘lov dasturlari orqali 8600 3329 5320 6368 hisob raqamiga yuborishlari mumkin.
Shuningdek, xalqaro valyutada xayriya qilish istagida bo‘lganlar uchun 4084 1700 0068 2767 hisob raqami tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik san’atkorlar koronavirus pandemiyasi davrida ham 2 milliard so‘mga yaqin turli ko‘rinishdagi xayriyalarni amalga oshirgan edi.
LiveBarchasi