Navoiyda Yangi yil archasi yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahri markazida viloyatning bosh bayram archasining yonayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Archaning yonib ketishiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan videolavhalarda hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Termiz shahriga o‘rnatilgan archa qulab tushgan edi.

Shuningdek, Farg‘onadagi Yangi yil archasi yonib ketgani xabar qilindi. Farg‘ona viloyati FVB yong‘in soat 13:31 da qurshab olinib, 13:33 da o‘chirilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing