Navoiyda uch hududda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Navoiy viloyatida aholi orasidan 5 kishida koroanvirus aniqlangani haqida xabar bergan edik. Navoiy viloyati hokimligi hududdagi koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’ulumot berdi.

Unga ko‘ra, ayni paytda koronavirusga chalingan 114 nafar bemorlar Zarafshon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli TSQ “Terapiya” bo‘limida hamda Konimex tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanmoqda.

Yangi kasallanish holatalri 2 ta Navoiy shahrida hamda Zarafshon shahri, Karmana, Navbahor tumanlarida bittadan aniqlangan. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha jami 229 kishida koronavirus aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlangan vaqtdan beri eng ko‘p kasallanish holati qayd etilib, rekord o‘rnatildi. Bir kunda jam 237 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning aksari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing