Navoiyda davlatga 436 mln so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida elektr tarmog‘iga noqonuniy tarzda ulangan mayning ferma aniqlandi. Bu haqda  "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tungi reyd tadbiri davomida tumanning "Yashnaobod" mahallasi hududida joylashgan “Xayrullo-Narzullo” fermer xo‘jaligiga tegishli dala shiyponida elektr hisoblagichsiz, o‘zboshimchalik bilan 47 dona mayning qurilmalari, sovutish va yoritgich moslamalari hamda boshqa elektr qurilmalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan holda, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan hamda mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, “Xayrullo-Narzullo” fermer xo‘jaligi tomonidan 484,8 ming kVt yoki 436,3 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan  noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar o‘suvchi koyeffitsiyent qo‘llanib, 2.2 mlrd so‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent bilan jarima tariqasida 1,8 mlrd so‘m qo‘shimcha hisob-kitob qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida viloyatning Karmana tumanida davlat manfaatlariga 24 milliard so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatilgandi. O‘tgan oyda esa Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatib, davlat va jamiyat manfaatlariga 425,7 million so‘m zarar yetkazgan xonadon aniqlandi. Shu oyda esa Farg‘ona viloyatida 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy mayning ferma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing