Navoiyda Cobalt bilan to‘qnashgan Spark yonib ketdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 20 yanvar kuni Navoiy shahrida Spark Cobalt bilan to‘qnashuv oqibatida yonib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan F.M. Spark rusumli avtomobilda harakatlanayotgan bo‘lgan. U o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda bo‘lgan haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan K.I. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashgan. Zarb oqibatida Spark avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

YTH va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

YTH yong'in

Baholaganlar

115

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing