Navoiyda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandi
Jamiyat
−
18 Sentabr
3696Navoiy viloyatida chaqalog‘ini 10 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Navbahor tumanida yashovchi K.R. hali chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga baholagan. Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.R. chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z.S.ga 10 mln so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Gulistonda chaqalog‘ini 40 ming AQSH dollariga sotgan, Termizda chaqalog‘ini 25 mln so‘mga sotgan, Toshkentda 6 yashar o‘g‘lini 3 ming AQSH dollariga sotgan, Namanganda 10 yoshli o‘g‘lini 18 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 4 ming AQSH dollarini olgan onalar ushlangandi. Mart oyida esa Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona 8 yilga qamalgandi.