Aliment to‘lamay, Navoiyga qochgan ota molxonadan topildi

3-sahifa

image

Alimentdan 63 mln so‘m qarzdorligi bor sirdaryolik ota boshqa viloyatdagi molxonalardan birida topildi. Bu haqda “Millar” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ota 3 yil davomida 2 nafar farzandi uchun aliment to‘lamasdan qochib yurgan. U Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi molxonalardan birida yashiringan va xodimlar tomonidan topib olingan. 

Fuqaroga nisbatan qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani sababli 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib, parda ortiga yashiringan ota qamalgandi. O‘tgan yili Qashqadaryoda aliment to‘lamasdan qochib yurgan erkak uyidagi ko‘rpalar tagidan, Namanganda va Surxondaryoda uy yerto‘lasidan, Xorazmda tovuq fermasidan, Farg‘ona shahrida tungi klubdan, Andijonda xolasining va Buxoroda buvisining uyidan topilgandi. Shuningdek, ilgariroq Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan bir farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota ukasining nikoh to‘yida ushlangandi. Andijon viloyatida esa aliment to‘lashdan qochib yurgan ota o‘z uyining qurilishi tugallanmagan hududida, shifer ortidan topilgan. Samarqand viloyatida esa aliment to‘lashdan qochib yurgan ota shkaf ichidan chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing