Navoiyda 2 klaster asossiz daromad olgani aniqlandi
3-sahifa
−
16 Sentabr
3345Navoiy viloyatida joylashgan ikkita klasterda texnik chigit mahsulotini savdoga qo‘yish jadvallariga muvofiq birja savdolariga qo‘ymaslik oqibatida oldingi birja savdolarida shakllangan mahsulotning o‘rtacha sotilish narxi o‘rtasidagi tafovut kelib chiqqani va birja savdolariga sotish jadvallarida nazarda tutilgan hajmlarda sotuvga qo‘ymagani oqibatida asossiz daromad olgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatdagi “Xudoyshukur bobo klaster” MCHJ tomonidan 2024 yil mart-iyul oylarida paxta hosilidan olingan texnik chigit mahsulotining savdoga qo‘yish jadvallariga muvofiq birja savdolariga qo‘ymaslik natijasida 4 ta holatda oldingi birja savdolarida shakllangan mahsulotning o‘rtacha sotilish narxi o‘rtasidagi tafovut kelib chiqib, asossiz daromad olganlik holati aniqlangan.
Shuningdek, “Navbahor tekstil” MCHJ 2023 yilning oktyabr va 2024 yil avgust oylarida ham 4 ta holatda texnik chigit mahsulotini birja savdolariga sotish jadvallarida nazarda tutilgan hajmlarda sotuvga qo‘ymagani ortidan asossiz daromad olgan.
Holatlar yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan klaster korxonalariga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining muvofiq monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida insofsiz raqobat sodir etgan korxonalarga moliyaviy jarima qo‘llanildi.
LiveBarchasi